Sug‘urta qilish xizmati qaysi Visa kartalari uchun amal qiladi?

Visa Platinum, Visa Signature, Visa Infinite, Visa Platinum Business va Visa Signature Business kartalari uchun Visa-dan quyidagi sug‘urta hodisalari uchun maxsus xizmat amal qiladi:

Sug‘urta qachon amal qilishni boshlaydi?

Chet elda safarda bo‘lganda

Sug‘urtangiz avtomatik ravishda amal qilishni boshlaydi, agar siz safar boshlanishidan oldin:

  1. Borish va qaytish chiptalarini premial Visa kartasi bilan to‘lagan bo‘lsangiz;
  2. Turar joyni band (bron) qilib, uni premial Visa kartasi bilan to‘lagan bo‘lsangiz;
  3. Chiptalarni ham, turar joyni ham premial Visa kartasi bilan to‘lagan bo‘lsangiz.

Doimiy yashash mamlakati bo‘ylab safar qilganda sizning sug‘urtangiz avtomatik ravishda amal qilishi boshlaydi, agar siz safar boshlanishidan oldin:

  • Uydan kamida 100 km uzoqlikda turar joyni kamida 2 kechaga premial Visa kartasi bilan oldindan band qilgan bo‘lsangiz.

Quyidagilarga e’tibor qarating: Sug‘urta kuchga kirishi uchun siz premial Visa kartangiz bilan transport va/yoki turar joy uchun to‘lovni amalga oshiringiz kerak (bunda kartadagi ism chiptalardagi va/yoki turar joyni band qilishda ro‘yxatga olingan ismga mos kelishi kerak).

Sug‘urtalashning afzalliklari

Butun oilani sug‘urta qilish

Agar siz oilangiz bilan sayohat qilsangiz, u ham sug‘urta qilinadi (turmush o‘rtog‘ingiz va bolalaringiz).

Hamma joyda harakat

Sug‘urta yashash mamlakatda va undan tashqarisida amal qiladi.

Shopping icon

Sug'urta sotib olish

Xaridlaringizni shikastlanish yoki o‘g‘irlikdan sug‘urta qilish.

Yuqori sug‘urta limiti

Sug‘urta hodisasi yuz berganda olishingiz mumkin bo‘lgan eng yuqori miqdor – 2,5 million AQSh dollari Visa Infinite kartasi bilan, 750 ming AQSh dollari Visa Signature kartalari uchun va 500 ming AQSh dollari Visa Platinum Business kartalari uchun.

Sug'urtalashning umumiy shartlari va qoidalari

Safarni boshlashdan oldin sug'urta sertifikatini to'ldirish tavsiya etiladi, chunki uni bojxona nazoratida taqdim etish so'ralishi mumkin.

Siz polisni, mustaqil tarzda Sertifikatni havola orqali yuklab olib, Insurance benefits bo'limida, yohud Visa konsyerj xizmati yordamiga murojaat qilgan holda to'ldirishingiz mumkin.

Davomiyligi - bitta sayohat uchun 90 kun, lekin yiliga 183 kundan oshmasligi kerak. Agar sayohat 90 kundan ortiq davom etsa, unda u to'liq sug'urtalanmagan deb hisoblanadi.

Sizning sug'urtangiz siz doimiy yashayotgan davlatdan chiqish va kirish paytida boshlanadi va tugaydi.

Turli holatlar qanday qilib sug'urta qilinadi

Reys yoki bagaj* 4 soatdan ortiq vaqtga kechikkan taqdirda kompensatsiya olish uchun siz, albatta, reysga ro'yxatdan o'tgan bo'lishingiz va aviakompaniyadan reys yoki bagaj kechikkanligi haqida aeroportga o'zingiz bilan rasmiy hujjat olib kelishingiz kerak.

E'tibor bering, xizmat quyidagilarni qoplamaydi:

  • Bojxona xizmati vakillari tomonidan kechiktirilgan, musodara qilingan yoki hibsga olingan taqdirda bagajni yo'qotish uchun.
  • Yuk sifatida yoki transport yuk xati bilan tashilgan yuklarga qo'yiladigan talablar.
  • Reysning bekor qilinishi.

* Bagajning kechikishi faqat doimiy yashash joyidan chiqib ketayotgan taqdirda sug'urta qilinadi.

Savollar va javoblar