• Visa kartalari bilan Apple Pay orqali bir tegishda to’lang

Bir necha daqiqada ulang

Visa kartangizni Apple Pay’ga qo‘shing va xaridlar uchun yanada tezroq to‘lang — sozlash atigi bir necha lahza vaqt oladi.

Bir tegishda to‘lang

Kontaktsiz to‘lovlar qo‘llab-quvvatlanadigan barcha joylarda xaridlar uchun to‘lang. Tasdiqlash uchun Face ID, Touch ID yoki qurilma parolining o‘zi kifoya.

To‘lovlar xavfsizligi

Visa xavfsizlik texnologiyalari har bir xaridni himoya qilishga yordam beradi. Firibgarlikning oldini olish uchun sun’iy intellektga asoslangan Visa tizimlari har bir tranzaksiyaning 500 dan ortiq parametrini real vaqt rejimida tahlil qiladi.
Apple Pay orqali to‘lov qilganda karta raqami o‘rniga noyob raqamli token ishlatiladi, bu ma’lumotlaringiz uchun qo‘shimcha himoya darajasini ta’minlaydi.

Funksiyani qanday ulash mumkin?

iPhone

  • Wallet ilovasini oching.
  • Yuqori o‘ng burchakdagi «+» tugmasini bosing.
  • «Debet yoki kredit karta»ni tanlang.
  • Kartani kamera orqali skanerlang yoki ma’lumotlarni qo‘lda kiriting.
  • Ekrandagi ko‘rsatmalarga muvofiq kartani qo‘shishni tasdiqlang.

Apple Watch

  • iPhone’da Apple Watch ilovasini oching.
  • «Wallet va Apple Pay» bo‘limiga o‘ting.
  • «Karta qo‘shish»ni bosing.
  • iPhone’ga avval qo‘shilgan kartalardan birini tanlang yoki yangisini qo‘shing.
  • Ekrandagi ko‘rsatmalarga muvofiq ulashni tasdiqlang.

iPad

  • «Sozlamalar»ni oching.
  • «Wallet va Apple Pay» bo‘limiga o‘ting.
  • «Karta qo‘shish»ni bosing.
  • Kartani skanerlang yoki uning ma’lumotlarini qo‘lda kiriting.
  • Tizim ko‘rsatmalariga amal qilib, ulashni yakunlang.

Xaridlar uchun qanday to‘lash mumkin?

iPhone

Do‘konlarda

  • Yon tugmani ikki marta bosing (Face ID’li modellarda) yoki barmog‘ingizni Touch ID’ga qo‘ying.
  • Qurilmani to‘lov terminaliga yaqinlashtiring.
  • To‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, ekranda tasdiq paydo bo‘ladi.

Ilovalarda va onlayn

  • Buyurtmani rasmiylashtirishda Apple Pay’ni tanlang.
  • To‘lovni Face ID, Touch ID yoki qurilma paroli orqali tasdiqlang.

Apple Watch

Do‘konlarda

  • Yon tugmani ikki marta bosing.
  • Soatni terminalga yaqinlashtiring.
  • Yengil vibratsiya va ovozli signal to‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilganini tasdiqlaydi.

Mac

Safari brauzeridagi saytlarda

  • Buyurtmani rasmiylashtirishda Apple Pay’ni tanlang.
  • To‘lovni iPhone, Apple Watch yoki Mac’dagi Touch ID orqali tasdiqlang.

Apple Pay orqali qayerlarda to‘lash mumkin?

Apple Pay orqali kontaktsiz to‘lovlar mavjud bo‘lgan barcha joylarda xaridlar uchun to‘lang. Visa kartalari butun dunyo bo‘ylab millionlab savdo nuqtalarida qabul qilinadi va do‘konlarda, ilovalarda hamda onlayn tarzda qulay va odatiy to‘lov usulini ta’minlaydi.

Visa chat-boti orqali ko‘proq bilib oling

Apple Pay va Visa’ning maxsus takliflari haqida ko‘proq bilishni xohlaysizmi? Amaldagi aksiyalar va Visa karta egalari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar bilan tanishish uchun Visa chat-botiga o‘ting.