• Visa va Google Pay bilan kontaktsiz to‘lovlar — tez va xavfsiz

Bu nima va qanday ishlaydi?

Visa & GPay

Google Pay™ — do‘konlar va ilovalarda Visa kartasi bilan xaridlar uchun tez va qulay to‘lov usuli. Siz Visa kartalari taqdim etadigan barcha afzalliklar va xavfsizlik imkoniyatlaridan foydalanishda davom etasiz.

Qanday ishlaydi?

  1. Visa kartasini Google Pay’ga qo‘shing.
  2. Kontaktsiz to‘lovlar qabul qilinadigan istalgan joyda smartfon orqali xaridlar uchun to‘lang (karta bilan to‘lash mumkin bo‘lgan barcha joylarda).
  3. Visa tokenizatsiya texnologiyasi tufayli karta ma’lumotlari himoyalangan holda qoladi.

Google Pay ilovasini o‘rnatish


Xizmatning afzalliklari

Tez

Xaridlar uchun bir necha soniyada to‘lang — smartfonni terminalga yaqinlashtiring, to‘lov darhol amalga oshiriladi.

Qulay

Google Pay’dan do‘konlar, restoranlar, transport va kontaktsiz to‘lovlar qabul qilinadigan boshqa joylarda foydalaning.

Xavfsiz

To‘lov ma’lumotlaringiz himoyalangan: karta raqami o‘rniga virtual token uzatiladi, to‘lovlardan foydalanish esa faqat qurilma qulfdan chiqarilgandan keyin mumkin.


Smartfonda kartani Google Pay’ga qanday ulash mumkin?

Google Pay ilovasini yuklab oling

Google Pay’ni o‘rnating va «Boshlash» tugmasini bosing, so‘ng «Yangi to‘lov usulini qo‘shish»ni va «Kredit yoki debet karta»ni tanlang.

Visa kartasini qo‘shing

Agar Google hisobingizda karta allaqachon mavjud bo‘lsa, uni tanlang. Aks holda karta raqami, karta egasining ismi, amal qilish muddati, CVV / CVC va manzilni ko‘rsatib, yangi kartani qo‘shing.

Kartani tasdiqlang

Shartlarni o‘qing va «Shartlarni qabul qilish va davom etish» tugmasini bosing. Kartani bir martalik SMS-kod yordamida tasdiqlang.

NFC’ni faollashtiring

Kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish uchun NFC’ni yoqing. Qulfdan chiqarilgan smartfonni terminalga yaqinlashtiring — to‘lov darhol amalga oshiriladi!


Google Pay orqali qayerlarda to‘lash mumkin?

Google Pay orqali butun O‘zbekiston bo‘ylab yuzlab do‘konlar, restoranlar, kafelar va supermarketlarda xaridlar uchun to‘lang. Karta bilan to‘lash mumkin bo‘lgan barcha joylarda.

Shunchaki Visa kartasini Google Pay’ga qo‘shing va qulay hamda xavfsiz to‘lovlardan foydalaning!


Hamkor banklar

Logo of Kapital Bank
Logo of Octobank
Logo of Hamkor Bank
Logo of NBU bank
Logo of Uzum Bank
Logo of OFB bank
Logo of Aloqa Bank

Savol-javoblar