• Transportda Visa kartalari bilan to'lang

    a person using a phone to pay for a ticket a person using a phone to pay for a ticket

Visa kartalari bilan jamoat transportida to'lovlarni tez, oson va qulay amalga oshiring

Jismoniy yoki smartfon yoki aqlli soatdagi raqamli Visa kartangizni transportdagi maxsus validatorlarga qo'ying, validatorda to'lov muvaffaqiyatli amalga oshganligi tasdiqlanishini kuting va bo'ldi, hammasi tayyor!

Visa kartalari bilan transportda kontaktsiz to'lovlarning afzalliklari

Tezkor

Yo'l haqini to'lash uchun validatorga jismoniy yoki raqamli Visa kartani qo'yish kifoya

Qulay

Kechqurundan ertalab uchun, qaytim yo'q bo'lib qolmasligi xavotirida, kichik qiymatdagi pullarni tayyorlashning, tig'iz paytda butun avtobusdan pulni berib yuborishning hojati yo'q

Xavfsiz

Visa, uzatilayotgan ma'lumotlarni doimiy ravishda kuzatib borilishi va shifrlanishi tufayli, kartangizdagi barcha operatsiyalar himoyasini ta'minlaydi

Visa kartalari bilan transportda to'lovlar qayerda mavjud

a validator on public transit
Toshkent, Samarqand, Urganch va qarshi aholisi ATTO transport operatorining statsionar yoki mobil validatorlari mavjud bo'lgan barcha avtobus va mikroavtobuslarida yo'l haqini to'lashning kontaktsiz usullaridan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, metro yo'lovchilari yo'l haqini kartalar bilan to'lashlari mumkin.

Statsionar validatorlar avtobuslar va mikroavtobuslarga old eshik orqali kirish joyida, shuningdek metropoliten turniketlarida o'rnatilgan. Mobil validatorlar avtobus konduktorlari tomonidan ishlatiladi.

Yo'l haqini kontaktsiz to'lash uchun siz Visa kartangizni mobil yoki statsionar validatorga qo'yishingiz kerak. Statsionar validatorda to'lov qilganda, ekranda muvaffaqiyatli to'lov tasdiqlanishini kutishingiz kerak. Yo'l haqi to'langandan so'ng, mobil validatorda chek chop etiladi va u yo'lovchiga beriladi.

Kontaktsiz texnologiyalar va Visa kartangizni smartfon yoki aqlli soatga qanday ulash haqida batafsil bilib oling

Tez-tez so'raladigan savollar

Ko'proq bilishni xohlaysizmi? Javobni ko'rish uchun savolni bosing