Visa Everywhere Initiative 2022 to‘lov va moliyaviy texnologiya startaplarini o‘z yechimlarini dunyo sahnasida taqdim etishga taklif qiladi
Toshkent, 2022-yil 1-fevral — The Visa Everywhere Initiative (VEI) global ochiq innovasiya dasturi to‘lov va moliyaviy texnologiya startaplarini o‘z innovasion mahsulotlari va yechimlarini taqdim etishga taklif qiladi. Finalga chiqqanlar moliya sohasining eng muhim shaxslari, savdogarlar, venchur fondlari va davlat sektorining vakillari bilan shaxsan tanishishlari mumkin. Tanlov g‘oliblari pul mukofotlari va butun dunyoda taniqli Viza brendi sheriklari bo‘lish imkonini olishadi.
Joriy yilda dastur kengaydi va endi kriptovalyutalar va Viza Direkt - kompaniyalarga milliardlab pullarni butun dunyoning chekka nuqtlarigacha innovasion usullar bilan o‘tkazishga imkon beruvchi to‘lov yechimi asosidagi startaplarni o‘z ichiga oladi. Bugunning o‘zidayoq iqtisodiyotlarning rivojlanishiga ta'sir o‘tkazayotgan butun dunyodagi final ishtirokchilari 2022-yil noyabrda Qatardagi VEI finalida uchrashadilar.
“To‘lovlar sohasidagi moliyaviy texnologiya kompaniyalar va novatorlar ko‘p sonli odamlarning pullarga yetishini osonlashtirishga intilib, iste'molchilar va kompaniyalar amalga oshirayotgan to‘lovlar usullarini yaxshilamoqda va pandemiya bu hozir har qachongidan muhim ekanligini ko‘rsatdi. Har gal bu dasturni yangi mintaqada taqdim eta turib, biz to‘lovlar va tijorat sohasida ajoyib g‘oyalarga ega hamda ertangi kunning to‘lov vazifalarini hal qilish uchun eng yaxshi yechimlarni taqdim etayotgan iste'dodli tadbirkorlarni jalb qilishga intilamiz”, — deb ta'kidladi Vizaning Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjondagi mintaqaviy menejeri Kristina Dorosh.
VEIning o‘tgan tanlovlari to‘lov sohasidagi eng istiqbolli novatorlarga o‘sishlarini jadallashtirish uchun imkoniyat berdi. Masalan, O‘zbekistondagi MayaSoft startapi, SEMEA mintaqasidagi g‘oliblardan biri Viza bilan hamkorlikda Visa Tap to Phone texnologiyasi asosida O‘zbekistonda kontaksiz to‘lovlar uchun birinchi yechimni taqdim etdi, Gruziyaning PAYZE kompaniyasi esa - kelajakning talablariga javob beruvchi eng yaxshi innovasion va tijorat yechimlarini taqdim eganligi uchun g‘olib bo‘ldi.
«Payze uchun dunyo sahnasida eng obro‘li startaplar bilan musobaqalashish va yanada muhimrog‘i keng miqyosda mashhurlikka erishish va Vizadek dunyo miqyosida ishonchli brenddan qo‘llab-quvvatlash olish imkoniyati katta sharaf bo‘ldi», — dedi Payzening hammuassisi va direktori, 2021-yilgi VEI SEMEA g‘olibi, Georgiy Sursumiya (Tbilisi, Gruziya). PAYZE bu - MDH mamlakatlaridagi kompaniyalarga yagona integratsiya vositasida butun dunyodan to‘lovlar qabul qilishga imkon beruvchi elektron tijoratga yo‘nalgan moliyaviy texnologiyadir. Viza tarmog‘ining qo‘llab-quvvatlashi va $ 250 000 mqdoridagi pul mukofoti tufayli PAYZE jamoasi o‘z g‘oyalarini amalga oshirish va yakunida 2021 yil davomida 250 000 tranzaksiyalarni ishlovga olish imkoniga ega bo‘ldi.
VEI tarmog‘i butun dunyodan 8 500 startaplarni o‘z ichiga oladi va har yili o‘sishda davom etmoqda. 2015-yilda ishga tushgan paytidan boshlab, dastur 100 dan ortiq mamlakatlardan bo‘lgan startaplarga ish boshlayotgan tadbirkorlar duch keladigan eng jiddiy muammolardan birini hal qilib, $ 2,5 mlrd jalb qilishga yordamlashdi. Istiqbolli startaplar bilan o‘zaro hamkorlik qilish to‘lovlar olamidagi noyob muammolarni hal etish uchun har yili VEIning faoliyat sohasi kengayib bormoqda.
2022-yilda VEI dasturi SEMEA, jamiyatni qo‘llab-quvvatlashga yo‘nalgan innovasion mahsulotlar va yechimlar ishlab chiquvchi mintaqaga mo‘ljal oladi. Joriy yilda VEI Misr va Saudiya Arabistonidagi ikkita yangi bosqichni, shuningdek, noyabrda Qatardagi global finalni o‘z ichiga oladi.
VEIni pul tranzaksiyalarini osonlashtirish va barcha hajmdagi va sektorlardagi korxonalar duch kelaayotgan muammolarni jumladan quyidagilarni hal qilishga intilayotgan innovasion va izzat nafsli kompaniyalar kutmoqda.
Raqamli xizmatlar aktivatorlari va raqamli emitentlar
- Blokcheyn va kriptovalyutalar
- Kraudfandinglar
- Bank xizmat sifatida (BaaS)
- BIN-homiylar
- Emitentlar/prosessing markazlari
- Dastur menejerlari
Raqamli emissiya
- Blokcheynlar va kriptovalyutalar
- Muqobil kreditlash
- Shaxsiy moliyaviy menejment
- Raqamli banking (neobanklar)
- Raqamli hamyonlar, P2P va o‘tkazmalar
- Xodimlarga haq to‘lashlar
- Kredit qarzdorligi
- Korporativ kartalar (xarajatlarni boshqarish)
Moliya sohasidagi sotuvchilar va/yoki iste'molchilar uchun qo‘shimcha xizmatlar
- Ma'lumotlar va tahlil
- ID, autentifikasiya va xavfsizlik
- InsurTech (sug‘urta texnologiyalari)
- Xolislik dasturlari
- Savdo xizmatlari va vositalari
- Prosessing va to‘lov qilish infrastrukturasi
- Chakana savdo
- Boshqalar
Kichik va o‘rta biznes
- Pul mablag‘larining harakati (haq to‘lashlar, ichki hisobraqam bo‘yicha o‘tkazmalar, yetkazib beruvchilarning xizmatlariga P2P to‘lov qilish, to‘lovlar)
- To‘lovlarni qabul qilish (elektron tijorat, mobil texnologiyalar yordamida to‘lovlarni qabul qilish)
- Tavakkallarni boshqarish (qaytarma to‘lovlar va sh.k.)
- Brendni boshqarish (hamjamiyatlar yaratish va sh.k.)
- Бошқалар
Visa Visia Everywhere Initiative tanlov doiralaridagi ishtirokchilarning hech qanday aksiyalari yoki ustav fondining bir qismini sotib olmaydi.
To‘liqroq axborot va tafsilotlar bu yerda.
Visa haqida
Visa Inc. (NYSE: V) raqamli to‘lovlar sohasida dunyo bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Bizning bosh vazifamiz ‒ umuman olganda, iste’molchilar, biznes va iqtisodiyotga rejali ravishda rivojlanishiga imkon beruvchi eng innovasion, ishonchli va xavfsiz to‘lov tarmog‘i vositasida dunyoni bilashtirishdir. Bizning eng yangi global texnologik tarmog‘imiz VisaNet butun dunyo bo‘yicha ishonchli va xavfsiz to‘lovlarni ta’minlaydiva bir soniyada 65 000 dan ortiq tranzaksiyalarga ishlov berishi mumkin. Visa kompaniyasi innovasiyalarga katta e’tibor beradi, bu “connected commerce”ning tez o‘sish katalizatori hisobladi, uning sharoitlarida amalda ulangan har qanday qurilma to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin bo‘lib, shu tariqa naqdsiz to‘lovlar - hamma uchun va har qaerdaning kelajagiga o‘tishni yaqinlashtiradi. Analog texnologiyalardan raqamli texnologiyalarga o‘tish ro‘y berib borgani sari, tijoratni transofrmasiya qilish uchun o‘z brendi, mahsulotlari, ekspertlari, tarmog‘i va miqyosini ishlatib boraveradi. Qo‘shimcha axborot olish uchun https://cis.visa.com/ru_TJ saytiga kiring.
OAV uchun aloqalar
Anna Serdyuk |
Aliya Temirgalieva |
Vizaning korporativ aloqalar bo‘yicha direktori |
Visaning Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi matbuot xizmati, PBN Hill+Knowlton Strategies |
Tel.: +38044 22 00 300 | Tel.: +7 701 842 4222 |
[email protected] | [email protected] |