Visa va Emerging Europening yangi tadqiqotlari tadbirkor ayollar raqamli ko'nikmalarni rivojlantirish va o'z bizneslarini global miqyosda olib chiqishni xohlashlarini aniqladi
Toshkent, 2023-yil 2-mart — Visa kompaniyasi bugun She's Next tashabbusi doirasida ushbu hududlarga yoʻnaltirilgan nufuzli biznes va jamiyatni rivojlantirish platformasi boʻlgan Emerging Europe tomonidan o’tkazilgan Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkazda ayollar yetakchiligi va tadbirkorligi boʻyicha tadqiqot natijalarini eʼlon qildi.
Keng qamrovli tadqiqot 11 mamlakat, shu jumladan, O‘zbekistondagi 2000 ta biznes egalari yoki o’z-o’zini band qilgan ayollar o‘rtasida onlayn so‘rovnomani, 75 ta chuqurlashtirilgan intervyu va fokus-guruhlarda ishlashni o’z ichiga oldi, o‘z ichiga oldi. Olingan ma’lumotlar hududdagi o‘rtacha statistik tadbirkor ayolning batafsil portretini taqdim etib, ayollar o‘z karyeralarida duch keladigan qiyinchiliklar va muammolarni manfaatdor tomonlar uchun tushunish imkoniyatini beradi.
“So’rov qilinganlardan biri taʼkidlaganidek, ayollar uchun mablagʻlarni jalb qilish qiyinroq. Silikon vodiysida qiyinroq. Uning mamlakati, Armanistonda ham bu yanada qiyinroq. Mablag‘larni jalb qilish esa tadbirkor ayollar duch keladigan ko‘plab muammolardan biri, xolos”, deb izoh berdi Emerging Europe hamkor-asoschisi Endryu Vrubel. “Ushbu tadqiqotda biz ayollar tadbirkorligini iloji boricha chuqurroq oʻrganishni va ayollar tomonidan yaratilgan biznes va startaplarga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan barcha mumkin boʻlgan toʻsiqlarni aniqlashni maqsad qilgan edik. Shuningdek, biz tadbirkor ayollarning ehtiyojlarini o‘rganib, ularning imkoniyatlarini kengaytiradigan hamda ayollar biznesining xalqaro miqyosda rivojlanishi va gullab-yashnashiga yordam beradigan yechimlarni topishni niyat qilgan edik”.
Umuman olganda, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkazdagi ayollarga tegishli bizneslarning aksariyati (84%) faqat o‘z mamlakatlarida tovar va xizmatlarni taqdim etadi, biroq tadbirkor ayollar xorijda biznes yuritishni o‘rganishga qiziqish bildirishdi.
Ayollar biznesi faoliyat yuritayotgan yetakchi tarmoqlar goʻzallik va salomatlik (17%), chakana savdo (12%), qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat (12%), taʼlim (8%) va piar va marketing (7%) hisoblanadi. Tadbirkor ayollarning uchdan ikki qismi tashqi moliyalashtirishni jalb qilmaydi, to‘rtdan uch qismida esa yollanma ishchilar yo‘q. Hududdagi ayollarga qarashli tadbirkorlik subyektlarining qariyb 35 foizi 1000 AQSh dollaridan kam sarmoya evaziga tashkil etilgan. Faqat har o'ninchi tadbirkor 5 dan ortiq xodimga ega.
“2019-yilda She’s Next tashabbusi boshlanganidan buyon uning maqsadi lider ayollar va mahalliy hamjamiyatlarining imkoniyatlarini kengaytirish va ularning rivojlanishiga yordam berishdan iborat”, deydi Vera Platonova, katta vitse-prezident va 17 mamlakatda Visaning mintaqaviy rivojlanish direktori. “Aynan shuning uchun ham Visa uchun ushbu tashabbus amal qilayotgan mamlakatlardagi tadbirkorlarning alohida ehtiyojlari va muammolarini o‘rganish juda muhim. O‘zbekiston va butun Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi lider ayollari bosqichma-bosqich elektron tijoratga o‘tayotgani hamda qulay va ishonchli raqamli to‘lovlardan foydalanayotganidan mamnunmiz. Biz tadqiqot natijalaridan hududlarda gender inklyuziyasini kengaytirishga yordam beradigan turli tashabbuslarni keyingi tatbiq etish uchun foydalanamiz”.
Asosiy xulosalar
1. Ayollar kasbiy va moliyaviy mustaqillikka intilishadi. Ayollarni o'z biznesini boshlash uchun motivatsiyaning asosiy manbalari daromadni oshirish istagi (50%), o'zi uchun ishlash istagi (31%) va orzularining amalga oshishi (21%). O‘zbekistondagi asosiy motivatsiya – daromadni oshirish istagi hisoblanadi (43,3%).
2. Tadbirkor ayollar biznes va shaxsiy hayot haqida deyarli bir xil darajada tashvishlanadilar. So’rovda ishtirok etganlar eng ko‘p bizneslari muvaffaqiyatsizlikka uchrashidan (29 %), moliyaviy ahvoli yomonlashishidan (27 %) va oilasi va farzandlariga yetarlicha e’tibor berolmay qolishdan (25 %) xavotirda ekanliklarini aytishgan. O‘zbekiston ayollari asosan moliyaviy ahvollari yomonlashishidan xavotirda ekanligi aniqlandi (29,4%).
3. Ayollar biznesi raqobat va moliyalashtirishni jalb etish muammolaridan aziyat chekmoqda. Tadbirkorlar ko'pincha yuqori raqobat (40%), kapitalni jalb qilish (32%) va biznesning noqulay sharoitlari (31%) kabi qiyinchiliklarga duch kelishadi. O‘zbekistondagi respondent ayollar o‘z mamlakatlarida biznes ochish va yuritishdagi eng katta qiyinchiliklar biznesning noqulay sharoitlari (29,4%) va kapitalni jalb qilish (24,4%) ekanligini ta’kidladilar.
4. Tadbirkor ayollar Internetda biznes yuritishni o'rganishni xohlashadi. So’rovda ishtirok etgan ayollar egallashni istagan asosiy ko'nikmalar – qo‘shimcha moliyalashtirishni qabul qilish strategiyalari (47%), raqamli marketing va ijtimoiy tarmoqlarni yuritish (37%), elektron tijorat (24%) va biznesni xalqaro miqyosda kengaytirish (21%). O‘zbekistonda eng ommabop ko‘nikmalar qo‘shimcha mablag‘ olish strategiyasini ishlab chiqish (55%) va raqamli marketing va ijtimoiy tarmoqlarni boshqarish (29,4%) hisoblanadi.
5. Ayollarga tegishli korxonalar xodimlar va yetkazib beruvchilarga naqd pulda maosh to'laydilar, lekin odatda mijozlar uchun POS-terminallarni o'rnatadilar. Tadbirkor ayollarning 42 foizi o‘z xodimlari va yetkazib beruvchilariga naqd pulda to‘laydi, atigi 37 foizi esa karta orqali to‘lashni afzal ko‘radi. O‘zbekiston uchun bu ko‘rsatkichlar 34,4 foizni tashkil etadi. Biroq, mijozlar orasida elektron to‘lovlar ancha ommalashgan: respondent ayollarning 37 foizi tovar va xizmatlari uchun ko‘pincha karta orqali to‘lashni, 42 foizi esa o‘z mijozlari karta orqali to‘lashlarini afzal ko‘rishini ta’kidlashgan. Taqqoslash uchun, tadbirkor ayollarning 35 foizi o‘z mijozlari naqd pulda to‘lashini afzal ko‘rishlarini, atigi 28 foizi esa mijozlar naqd puldan foydalanishda davom etishini ma’qul ko‘rishlarini aytishdi. O‘zbekistonda naqd puldagi to‘lovlar ustunlik qiladi.
Visa va Emerging Europe hamkorligining navbatdagi bosqichi, butun hududdagi tadbirkor ayollarni She's Next hamjamiyatining bir qismi sifatida birlashtirishdan iborat bo'lib, ularga muloqot, murabbiylik, tajriba almashish va biznes faoliyati gorizontlarini yanada kengaytirish uchun platformani taqdim etishdan iborat.
Visa haqida ma’lumot
Visa (NYSE: V) — elektron toʻlovlar sohasida jahon yetakchisi hisoblanadi. Visa 200 dan ortiq mamlakat va hududlarda iste'molchilar, bizneslar, moliya institutlari va hukumat institutlari o'rtasidagi to'lov tranzaksiyalarini amalga oshiradi. Bizning vazifamiz iste'molchilar saodati, biznes va iqtisodiy farovonlikni oshirish uchun dunyoni eng innovatsion, qulay, ishonchli va xavfsiz to'lov tarmog'i bilan bog'lashdir. Ishonchimiz komilki, iqtisodiyotda hamma uchun foydalanish imkoniyatining kengayishi butun dunyodagi odamlar farovonligining o'sishiga yordam beradi va kelajakda pulning global harakati uchun asos bo'ladi. Batafsil ma'lumotni cis.visa.com saytidan bilib oling.
Emerging Europe to’g’risida ma’lumot
Emerging Europe — shtab-kvartirasi Londonda joylashgan hamjamiyat va biznesni rivojlantirish platformasi boʻlib, davlat va xususiy tashkilotlarning xalqaro miqyosda oʻsishi va kengayishiga yordam beradi. Bizning vazifamiz Yevropaning rivojlanayotgan mamlakatlarida barqaror o‘sishga ko‘maklashishdir. Biz hudud sharoitida yo’naltirilishni yoki u yerda o'z faoliyatini kengaytirishni istagan har bir kishi uchun ideal hamkormiz. Chuqur tahlil, bozorni o’rganish, tadqiqotlar, dasturlar va qiziqarli kontent orqali biz kompaniyalar, hukumatlar va fuqarolik jamiyati tashkilotlarining rivojlanishiga yordam beramiz. Biz ularga maqsadli ma'lumot, asosiy manfaatdor tomonlarga foydalanish imkoniyati va biznes qarorlarini to’g’ri qabul qilish uchun ma'lumotlar taqdim etamiz. Emerging Europe onlayn platformamiz ingliz tilidagi hudud to’g’risida tahliliy materiallarning dunyodagi eng nufuzli manbasidir.