Visa Kristina Doroshni Visaning Markaziy Osiyo va Ozarbayjondagi Vitse-prezidenti, mintaqaviy menejeri etib tayinladi
Toshkent, Oʻzbekiston – 2021-yil 2-iyun – Visa 1-iyundan boshlab Kristina Doroshni Visaning странах Markaziy Osiyo va Ozarbayjondagi mintaqaviy menejeri etib tayinlanganini e‘lon qildi. Yangi texnologiyalar va normativ-huquqiy muhitini rivojlantirishdagi transformatsion oʻzgarishlardan soʻng, Visa Kavkaz va Markaziy Osiyodagi klaster tuzilmasini o‘zgartirdi va Markaziy Osiyo hamda Ozarbayjon submintaqasi rahbaridan vitse-prezident darajasigacha koʻtarildi.
Oʻzining yangi lavozimida Kristina Dorosh yangi tashkil etilgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon , klasterida elektron toʻlovlar biznesini rivojlantirishga, banklar, savdogarlar va karta egalari uchun Visaning bahosini oshirishga e’tibor qaratmoqda. Bu Kristinaning yutuqlari va professionalligining munosib e’tirofidir. Kristina - jamoaning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi va e’tirof etish madaniyatini targ‘ib qiluvchi ilhomlantiruvchi yetakchi va murabbiydir.
«Biz Kristina Doroshni, Markaziy Osiyo va Ozarbayjon klasterining rahbari, vitse-prezidenti lavozimiga tayinlanganidan juda mamnunmiz. Uning ajoyib yetakchilik sifatlari va xalqaro ish tajribasini inobatga olgan holda, Kristinaning kompaniyamizdagi ajoyib o‘sishi uning MDH va Janubi-Sharqiy Yevropada xilma-xillik va ayollar huquqlarini kengaytirishga bo‘lgan ishtiyoqi va doimiy qo‘llab-quvvatlashining munosib e’tirofidir. Ishonchim komilki, Kristina jamoamizni boshqarib, mijozlarimizni Markaziy Osiyo va Ozarbayjonda raqamli toʻlovlarni rivojlantirish yoʻlida qoʻllab-quvvatlab, ajoyib natijalarga erishadi», - deya izoh berdi Visa kompaniyasining MDH va Janubi-Sharqiy Yevropadagi katta vitse-prezidenti va bosh menejeri Vera Platonova.
So‘nggi besh yil davomida Kristina Visada to‘lov yechimlari va biznesni rivojlantirish sohasidagi turli lavozimlarda ishlab kelgan. Asosiy mahsulotlar (debet, kredit va premium) bilan bir qatorda, u sodiqlik dasturlarini ishlab chiqish va tijorat kartalari yo‘nalishini boshqaradi, ular birgalikda elektron to‘lovlarning yanada tarqalishi uchun asos bo‘ladi. 2019 yilda Kristina Dorosh Kavkaz mintaqasi uchun Visa mintaqaviy menejeri lavozimiga tayinlandi. Kristina Olmaotada istiqomat qiladi va 1 iyundan boshlab Visa kompaniyasining Markaziy Osiyo mamlakatlari – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston hamda Ozarbayjondagi biznesiga rahbarlikni o‘z qo‘liga oldi.
«Kavkaz mintaqasidagi professionallar jamoasi rahbari sifatidagi ajoyib tajribamdan so‘ng, Visa kompaniyasining Markaziy Osiyo va Ozarbayjondagi biznesiga rahbarlik qilish sharafiga muyassar bo‘ldim. Bu bizning mijozlarimiz va hamkorlarimizga yuqori baho berish va butun mintaqa bo‘ylab raqamli iqtisodiyotga o‘tishga hissa qo‘shish uchun ajoyib imkoniyatdir. Men bozorda texnologik ishtirokimizni kengaytirish uchun tartibga soluvchilar, mijozlar va hamkorlar bilan samarali hamkorlikni boshlashni intiqlik bilan kutayapman», - dedi Kristina Dorosh.
УKristina Dorosh boshchiligidagi jamoani kuchaytirib Anton Borozdin 1 iyundan boshlab Qozog‘iston va O‘zbekistonda katta direktor, biznesni rivojlantirish bo‘limi rahbari lavozimini egalladi, bu esa uning kengaytirilgan vakolatlarini aks ettiradi. 2020-yilda Visaga qo‘shilganidan beri Anton savdo direktori sifatida Markaziy Osiyoda biznesni rivojlantirishga e‘tibor qaratdi. U Visani mintaqada rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi. Anton o‘zining yangi lavozimida Qozog‘iston va O‘zbekistonda Visa savdosiga rahbarlik qiladi, shuningdek, biznesni rivojlantirish jamoasiga bevosita rahbarlik qiladi.
«Men MDH va Janubi-Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi Visa jamoasida yangi lavozimni egallashim hamda Qozog‘iston va O‘zbekistonda Visa savdosiga rahbarlik qilishimdan juda xursandman. Men mijozlarimiz va hamkorlarimizga ko‘proq innovatsiyalar va imtiyozlarni taqdim etish, shuningdek, bozordagi ishtirokimizni kuchaytirishni intiqlik bilan kutayapman», - dedi Anton Borozdin.
Visa haqida
Visa Inc. (NYSE: V) raqamli to‘lovlar sohasida dunyo bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Bizning bosh vazifamiz ‒ umuman olganda, iste’molchilar, biznes va iqtisodiyotga rejali ravishda rivojlanishiga imkon beruvchi eng innovasion, ishonchli va xavfsiz to‘lov tarmog‘i vositasida dunyoni bilashtirishdir. Bizning eng yangi global texnologik tarmog‘imiz VisaNet butun dunyo bo‘yicha ishonchli va xavfsiz to‘lovlarni ta’minlaydiva bir soniyada 65 000 dan ortiq tranzaksiyalarga ishlov berishi mumkin. Visa kompaniyasi innovasiyalarga katta e’tibor beradi, bu “connected commerce”ning tez o‘sish katalizatori hisobladi, uning sharoitlarida amalda ulangan har qanday qurilma to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin bo‘lib, shu tariqa naqdsiz to‘lovlar - hamma uchun va har qaerdaning kelajagiga o‘tishni yaqinlashtiradi. Analog texnologiyalardan raqamli texnologiyalarga o‘tish ro‘y berib borgani sari, tijoratni transofrmasiya qilish uchun o‘z brendi, mahsulotlari, ekspertlari, tarmog‘i va miqyosini ishlatib boraveradi. Qo‘shimcha axborot olish uchun usa.visa.com/about-visa, www.visa.com.kz, https://cis.visa.com/ru_TJ saytiga kiring.
OAV uchun aloqalar
Anna Serdyuk | Aliya Temirgalieva |
Vizaning korporativ aloqalar bo‘yicha direktor, |
Visaning Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi matbuot xizmati, PBN Hill+Knowlton Strategies |
Tel.: +38044 22 00 300 | Tel.: +7 701 842 4222 |
[email protected] | [email protected] |