Visa Toshkent jamoat transportida kontaktsiz to‘lovlarni yo‘lga qo‘yadi
Toshkent – 2021-yil 7-iyul – Hamkorlar bilan birgalikda Visa kompaniyasi Toshkent jamoat transportida yo‘l haqini kontaktsiz to‘lash tizimi ishga tushirilganini e’lon qildi. Endilikda shahar aholisi va mehmonlari Visa kontaktsiz toʻlov kartalari, boshqa toʻlov tizimlarining kartalari, shuningdek, ATTO transport kartalari yordamida metro va avtobusda yoʻl haqlarini tez va qulay tarzda toʻlashlari mumkin boʻladi.
Transport kontaktsiz to‘lovlarni rivojlantirishning asosiy kanallaridan biridir. Kontaktsiz to‘lovning joriy etilishi yo‘lovchilarga sayohat uchun qulay, tez va xavfsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi, transport operatori - yo‘lovchilarni tashish va hisobga olish jarayonlarini optimallashtirishga, shuningdek, turli transport tizimlari bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi.
Loyihaning birinchi bosqichida yo‘lovchilar 1100 ta shahar avtobuslarida, shuningdek, Toshkent shahridagi barcha metro bekatlarida kontaktsiz to‘lovlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Toʻlovni amalga oshirish uchun kontaktsiz toʻlovlarni qabul qilish belgisi bilan belgilangan kontaktsiz kartani validatorga olib kelish kifoya. Loyiha ishtirokchilari poytaxtdagi yana 700 ta marshrutli taksilarni kontaktsiz validatorlar bilan jihozlashni, shuningdek, O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham kontaktsiz yo‘l haqini joriy qilishni davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Kristina Dorosh, Visaning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon boʻyicha vitse-prezidenti va mintaqaviy menejeri: : «Visa shahar infratuzilmasi uchun ilgʻor yechimlarni joriy qilish boʻyicha global va mahalliy tajribaga ega. Biz MDH mamlakatlari va Janubi-Sharqiy Yevropada koʻplab transport loyihalarini amalga oshirdik va kontaktsiz toʻlovlarni joriy etish umuman naqd pulsiz toʻlovlarning keng tarqalishiga qanday hissa qoʻshayotganini koʻrayapmiz. Oʻzbekistonda tranzaksiyalarning 40% dan ortigʻi allaqachon kontaktsiz toʻlov vositalaridan foydalangan holda amalga oshirilmoqda[1] va Toshkentda hamkorlar bilan birgalikda yoʻl haqini kontaktsiz toʻlashning yoʻlga qoʻyilishi ushbu trendning yanada faol rivojlanishiga yordam beradi».
Toshkent O‘zbekistondagi, u yerda Visa hamkorlari bilan hamkorlikda kontaktsiz to‘lov tizimini joriy qila boshlagan uchinchi shaharga aylandi. Bungacha Farg‘ona va Samarqanddagi jamoat transportida kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha pilot loyihalar amalga oshirilgan edi.
«Transportda toʻlovlarni qabul qilish loyihasining ishga tushirilishi naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish, mijozlarga xizmat koʻrsatishni yaxshilash va mamlakat aholisi hamda uning mehmonlari uchun jamoat transporti jozibadorligini oshirish yoʻlidagi yangi qadamdir», - deydi O‘zsanoatqurilishbank” ATB raisining o‘rinbosari v. v. b Baxtiyor Rahmatov.
Timur Azadov, ATTO loyihasi rahbari: «Bugungi kunda mamlakatimiz rahbariyati davlat xizmatlarini raqamli formatga o‘tishni imkon qadar tezlashtirmoqda – bu fuqarolarning murojaatlariga javob, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash, shuningdek, iqtisodiy maqsadga muvofiqligi va texnologik jarayon masalasi. Raqamlashtirish bo‘yicha barcha davlat dasturlarida jamoat transporti asosiy yo‘nalishlardan biridir. Ammo samarali transport tizimlari va zamonaviy infratuzilma fuqarolarning iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lsa-da, ular bu muammoni chinakam ishlaydigan mexanizmlarsiz hal qila olmaydi. Naqd pulsiz to‘lovlarning innovatsion texnologiyalari transport tashkilotlari va jamoat bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, o‘zgarishlar tezligini oshirish hamda yakuniy foydalanuvchilarga nima bo‘layotgani haqida aniq tasavvur berish imkonini beradi».
[1]Manba: Viza maʼlumotlari, 2021-yil may holatiga koʻra
Visa haqida
Visa Inc. (NYSE: V) raqamli to‘lovlar sohasida dunyo bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Bizning bosh vazifamiz ‒ umuman olganda, iste’molchilar, biznes va iqtisodiyotga rejali ravishda rivojlanishiga imkon beruvchi eng innovasion, ishonchli va xavfsiz to‘lov tarmog‘i vositasida dunyoni bilashtirishdir. Bizning eng yangi global texnologik tarmog‘imiz VisaNet butun dunyo bo‘yicha ishonchli va xavfsiz to‘lovlarni ta’minlaydiva bir soniyada 65 000 dan ortiq tranzaksiyalarga ishlov berishi mumkin. Visa kompaniyasi innovasiyalarga katta e’tibor beradi, bu “connected commerce”ning tez o‘sish katalizatori hisobladi, uning sharoitlarida amalda ulangan har qanday qurilma to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin bo‘lib, shu tariqa naqdsiz to‘lovlar - hamma uchun va har qaerdaning kelajagiga o‘tishni yaqinlashtiradi. Analog texnologiyalardan raqamli texnologiyalarga o‘tish ro‘y berib borgani sari, tijoratni transofrmasiya qilish uchun o‘z brendi, mahsulotlari, ekspertlari, tarmog‘i va miqyosini ishlatib boraveradi. Qo‘shimcha axborot olish uchun usa.visa.com/about-visa, www.visa.com.kz, https://cis.visa.com/ru_TJ saytiga kiring.
OAV uchun aloqalar
Anna Serdyuk | Aliya Temirgalieva |
Vizaning korporativ aloqalar bo‘yicha direktori |
Visaning Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi matbuot xizmati, PBN Hill+Knowlton Strategies |
Tel.: +38044 22 00 300 | Tel.: +7 701 842 4222 |
[email protected] | [email protected] |