O‘zbekistondagi Octobank hamkorlari Visa kartalaridan Apple Pay va Google Pay’da to‘lovlarni qabul qila oladi

Octobank o‘zining internet-ekvayring vositalariga Apple Pay va Google Pay’ni qo‘shdi. Endi bank hamkorlari sayt va ilovada Visa kartalaridan to‘lovlarni qabul qila oladi, mijozga esa to‘lovni o‘z smartfonida tasdiqlashning o‘zi kifoya.

Bankda ushbu xizmatni yo‘lga qo‘ygan ilk yirik kompaniyalar Uzbekistan Airways va Centrum Air aviatashuvchilari bo‘ldi. Ularning yo‘lovchilari aviachiptalar uchun to‘lovni raqamli hamyonlar orqali amalga oshirishi mumkin. To‘lov vaqtida tokenlashtirilgan ma’lumotlardan foydalaniladi — kartaning haqiqiy rekvizitlari savdo shoxobchasiga uzatilmaydi.

“Bugungi kunda foydalanuvchilar qayerda ekanliklari va qanday xizmatdan foydalanishidan qat’i nazar, o‘zlari o‘rgangan raqamli qulaylik darajasini kutishadi. Masalan, aviachiptani smartfondan bir necha bosish orqali to‘lash imkoniyati — bu shunchaki qo‘shimcha to‘lov usuli emas, balki zamonaviy servisning muhim tarkibiy qismidir. Aviatsiya va turizm sohasidagi yirik kompaniyalarning birinchi hamkorlarimizga aylangani Octobank uchun alohida ahamiyatga ega”, — deya ta’kidlaydi Octobank’ning transchegaraviy pul o‘tkazmalari va elektron tijorat bo‘yicha Boshqaruvchi direktori Vladimir Vasilyev.

Texnologiya amalda qanday ishlaydi?

Uzbekistan Airways uchun yangi yechimning asosiy afzalligi chiptalarni onlayn xarid qilish jarayonini soddalashtirish imkoniyati bo‘ldi.

Octobank bilan hamkorlikda amalga oshirilgan texnologik yechim tufayli mijozlarimiz bank kartasi rekvizitlarini qo‘lda kiritish zaruratisiz, aviachiptalarni Apple Pay va Google Pay orqali tez va qulay to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

“Biz Octobank bilan hamkorlikni hamda uning O‘zbekiston aviatsiya sohasi uchun zamonaviy raqamli to‘lov yechimlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasini yuqori baholaymiz”, — deya ta’kidladi “Uzbekistan Airways” AJ matbuot xizmati.

Centrum Air esa yo‘lovchilarning yangi to‘lov usullariga qiziqishi ortib borayotganini alohida qayd etdi.

“Octobank bilan hamkorlikda Apple Pay va Google Pay orqali to‘lovlarni yo‘lga qo‘yish yo‘lovchilarimiz uchun aviachipta xarid qilish jarayonini yanada qulaylashtiradi. Bu, ayniqsa, kundalik hayotda kontaktsiz to‘lov usullaridan foydalanishga o‘rgangan mijozlar uchun muhim. Yechimning texnologik tatbiqi va samarali hamkorlik uchun Octobank’ka o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, — deyiladi aviakompaniya matbuot xizmati xabarida.

Texnologiyaning aviatsiyada muvaffaqiyatli tatbiq etilishi ushbu yechimni elektron tijorat va xizmat ko‘rsatish kabi boshqa sohalarda ham qo‘llash uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Darvoqe, raqamli to‘lovlar AQSH, Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharqning yirik bozorlarida allaqachon keng qo‘llanib kelinmoqda. Octobank tufayli endi ular O‘zbekistondagi biznes uchun ham ochiq.


Visa kompaniyasi haqida

Visa (NYSE: V) – raqamli to‘lovlar sohasining jahon yetakchisi. Visa 200 dan ortiq mamlakat va hududlarda iste’molchilar, biznes, moliya va davlat tashkilotlari o‘rtasidagi to‘lov amaliyotlariga ishlov beradi. Bizning vazifamiz – iste’molchilar farovonligini yuksaltirish, biznes va iqtisodiyot ravnaqiga ko‘maklashish maqsadida innovatsion, qulay, ishonchli va xavfsiz to‘lov tarmog‘i orqali dunyoni birlashtirishdan iborat. Biz iqtisodiyotda barcha uchun imkoniyatlarni kengaytirish butun dunyo odamlari farovonligining o‘sishiga yordam beradi va kelajakda pul mablag‘larining global harakati uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, deb ishonamiz. Batafsil ma’lumot https://cis.visa.com/ saytida.

OAV so‘rovlari uchun:

Altinay Eleusizova
Visa kompaniyasining Markaziy Osiyo davlatlaridagi
matbuot xizmati
PBN Central Asia
Tel.: +7 707 713 82 72
[email protected]
Danil Pavlenko
Visa kompaniyasining korporativ kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori,
Markaziy Osiyo va Ozarbayjon
[email protected]