- Ta’lim beruvchi marafon She’s Next. Empowered by Visa global tashabbusining ikkinchi doirasida boshlanadi.
- Marafonning uchta g‘olibasini o‘z biznesini rivojlantirish uchun grantlar kutmoqda.
Toshkent, O‘zbekiston. 2022-yil 16- sentyabr. O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda mintaqa ayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun “Biznes yetakchilik” marafoni boshlanadi. Marafon raqamli to‘lovlar bo‘yicha dunyo yetakchisi Viza tomonidan Onlinebank by Halyk brendi — Qozog‘istonning yirik banki uchun mobil ilova bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Marafonning maqsadi o‘z ishini boshlamoqchi bo‘layotgan yoki mavjud biznesini rivojlantirish bilan band bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. “Astana” Xalqaro moliya markazining Tech Hubi marafonning texnik sherigi bo‘lmoqda. O‘zbekistondagi Amerika Savdo Palatasi Vakolatxonasi ham O‘zbekistonda dasturni qo‘llab-quvvatladi.
O‘zbekistonda mikrobiznes, kichik va o‘rta biznes sub’ektlari egalari strukturasidagi ayollar ulushi yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Senatning O‘zbekistonda ayollar va gender tengligi masalalari qo‘mitasining ma’lumotlariga qaraganda, mamlakatdagi yakka tadbirkorlarning 40%ga yaqinini ayollar tashkil qiladi[1]. Shunga qaramay, biznes ochishda tadbirkor ayollar har xil qarshiliklarga tez-tez duch kelishadi.
Mavjud to‘siqlar va qarshiliklarni yengib o‘tishda ayollarga yordam berish uchun Visa va Halyk Bank kompaniyalari Onlinebank by Halyk brendi bilan birgalikda She’s Next. Empowered by Visa globl tashabbusi doirasida ta’lim beruvchi marafonni ishga tushirmoqda. Tashabbusning birinchi bosqichi 2021 yilda bo‘lib o‘tdi va mintaqaning beshta mamlakatidan 2500 dan ortiq tadbirkor ayollarni ishtirok etishga jalb qildi.
Marafon “Muvaffaqiyatli biznes bu — muvozanatdir!” shiori ostida bo‘lib o‘tadi. Zamonaviy ayollar bugungi kunda nafaqat o‘z ishini rivojlantirish masalalariga e’tibor berishga, balki oilasi, bolalari va ota-onasi haqida g‘amxo‘rlik qilishga ham ulgurmoqdalar. Shuning uchun biznesni yo‘lga qo‘yishda ishbilarmonlik hayoti va shaxsiy hayot muvozanati haqida unutmaslik shunchalik muhim. Marafon davomida ishtirokchilar biznesni samarali yuritish va uyg‘un kundalik hayotni shakllantirish - sportni kun tartibi jadvaliga joriy etish, to‘g‘ri ovqatlanish va shu kabilar bo‘yicha 8 ta ta’lim beruvchi ma’ruzalarga qatnashishi mumkin. Biznes sanoati va boshqa sohalarda tan olingan yetakchilar marafon ma’ruzachilaridir. Joriy yilda ishtirokchilar o‘z biznesini rivojlantirishga grantlar yutib olish imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi.
«Visa kompaniyasi mikro, kichik va o‘rta korxonalar, jumladan ayollar tomonidan boshqarilayotganlarini ham rivojlanish va onlayn muhitga o‘tishda qo‘llab-quvvatlamoqda va ularga yordam berish maqsadida ko‘plab tashabbuslarni ishga tushirmoqda. «Biznes yetakchilik» marafonini biz o‘z hamkorimiz Halyk Bank bilan birga amalga oshirayapmiz va biznesni riovjlantirishni mo‘ljallayotgan yanada ko‘proq mintaqa ayollarini birlashtira olishimizni kutayapmiz. Bizning maqsadimiz – mintaqa ayollariga ishbilarmonlik hayoti va shaxsiy rivojlanishi uchun yangi bilimlarga yetishishiga imkon berish, biznesni rivojlantirishga grantlar esa marafon g‘olibalariga o‘z ishini rivojlantirishda keyingi qadamni qo‘yishlariga yordam beradi», — deydi Viza kompaniyasining Markaziy Osiyo va Ozarbayjondagi mintaqaviy menejeri Kristina Dorosh.
B«Halyk Bank ko‘p yillar davomida tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvatlab kelmoqda, jumladan moliyalashtirish bo‘yicha o‘zining imtiyozli dasturlari doirasida ham. Bugungi kunda ko‘rib turibmizki, oziq-ovqat sanoati, chakana savdo, ta’lim va tibbiyot kabi tarmoqlarda tadbirkor ayollar miqdori mutanosib yoki hatto tadbirkor erkaklar miqdoridan ortib ketgan va bu moyillik ortib bormoqda. Hozirgi paytda bizning bankimizda yakka tadbirkor ayollar kredit portfelining ulushi 55%ni tashkil qiladi. Ishonchimiz komilki, bizning strategik sherigimiz Viza bilan hamkorlikdagi loyihamiz bu – ayollar o‘rtasida tadbirkorlik faolligi kelgusida ko‘payishi uchun yaxshi rag‘bat bo‘lib, Markaziy Osiyoning barcha bozorlarini qamrab oluvchi bu qadar keng miqyosli tashabbusni qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz», – deb marafon ishga tushirilishini izohladi Halyk Bank boshqaruvi raisi Umut Shayaxmetova.
«Biz Visa va Halyk Bank kompaniyalari bilan hamkorlikdan mamnunmiz, chunki tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash ularning bznesni rivojlantirishdagi ajralmas rolini ta’kidlaydi. Umid qilamizki, dastur ayollarga o‘z salohiyatini amalga oshirishga, ko‘maklashadi, shuningdek, o‘z ishini boshlashga yoki o‘z biznesini kelgusi rivojlantirishga resurslar va ilhom beradi» — deb ta’kidladi «Astana» xalqaro moliya markazi Tech Hubi Direktorlar Kengashining raisi Qayrat Kaliev.
Qanday qilib marafonga tushish mumkin?
2022-yil 15-sentyabrda marafonda qatnashish uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Ishtirok eish uchun dasturning saytida ro‘yxatdan o‘tish zarur http://shesnext.aifc.kz/, shundan so‘ng, tasdiqlashni olish va ta’limni o‘tish, jumladan baholashning reyting tizimi berilgan chatbot yordamida majburiy test topshirish lozim. Marafonda ishtirok etishga Markaziy Osiyo mamlakatlarining barcha hududidagi biznesga qiziquvchi yoki biznes bilan shug‘ullanayotgan, voyaga yetgan ayollarga bepul ruxsat berilgan.
Ishtirokchi ayollar nima olishadi?
Ishtirokchilar biznes va boshqa sohalardagi ekspertlardan insaytlar bilan birgalikda, biznesni rivojlantirishga grantlar uchun musobaqalashishi mumkin. Marafon finaliga chiqish va grant olishga da’vogar bo‘lish uchun, ishtirokchilar chatbotdagi hamma topshiriqlarga javob berishi zarur. Topshiriqlar ro‘yxatiga o‘z biznesi haqida kichik esse tayyorlash ham kiritilgan. Chatbotdagi testlar uchun ballar to‘g‘ri javoblar uchun avtomatik ravishda hisoblab boriladi, ayni paytda esse marafon hay’ati tomonidan baholanadi. Eng yuqori ballarni qo‘lga kiritgan 15 nafar finalchi ayollar marafonning short-varaqasiga kirishadi.
Keyin ochiq ovoz berish yo‘li bilan finalchi ayollar orasidan uch nafar g‘olibalar tanlab olinadi, ular o‘z biznesini rivojlantirishga birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin uchun, tegishlicha 5.000.000, 3.000.000 va 1.000.000 tenge olishadi.
«Biznes yetakchilik» marafonini ishga tushirish doirasida Halyk Bank ham Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z dasturi davom ettirilishini e’lon qildi va tadbirkor ayollarni imtiyozli moliyalashtirish bo‘yicha o‘z mablag‘laridan 1 milliard tenge ajratishini ma’lum qildi. Bu summa bank tomonidan o‘z dasturi doirasida ajatilgan 6-milliard tenge bo‘lib, bu dasturda tadbirkor ayollarda bir nafar qarz oluvchiga 5% ostida 20. 000. 000 tenge olish imkoni mavjud bo‘ladi. Ta’kidlab o‘tamizki, bankdan imtiyozli qarz berilayotganda, ta’lim marafoni ishtirokchilariga ustunlik beriladi.
Halyk Bankdan imtiyozli moliyalashtirish doirasida marafonning uch nafar g‘olibasiga birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin uchun biznesni rivojlantirishga, tegishlicha, qarz hajmlarini 50.000.000, 40.000.000 va 30.000.000 tengega oshirishga imkon beriladi*.
Maraafonning qolgan boshqa ishtirokchilariga bankda 20.000.000 tengegacha qarz olish imkoniyati beriladi*.
Қўшмчаа равишда, шериклик доирасида таълим марафонининг барча иштирокчи аёллаига Halyk Bankдаа ҳисобрақамлаар бепул очилаади.
*Qarzni nafaqat Qozog‘istondagi ishtirokchi ayollar, balki Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan Halyk Bankning O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi sho‘’ba banklaridagi ishtirokchi ayollar ham olishi mumkin.
**Marafonda qatnashish bankdan qarz olish majburiyatini yuklamaydi, bu imkoniyat ishtirokchilar tomonidan o‘z istaklariga ko‘ra amalga oshiriladi.
*Arizani ma’qullash va Bank tomonidan imtiyozli moliyalashtirishni tasdiqlash yakka tartibda ko‘rib chiqiladi. Ishtirokchining arizasi Bankning qarz berish to‘g‘risidagi ichki talablariga to‘g‘ri kelmagan holatda, Bank imtiyozli moliyalashtirishni ma’qullamaslik huquqini o‘zida qoldiradi.
[1] https://kun.uz/ru/news/2022/01/15/v-uzbekistane-pochti-polovina-individualnyx-predprinimateley-yavlyayutsya-jyenshchinami