Aeroportda kutish vaqti Visa imtiyozlari bilan sezilmasdan o‘tib ketadi. Visa Platinum Business, Visa Signature va Visa Infinite premial kartalari egalari uchishdan oldin Toshkent xalqaro aeroportidagi qulay CIP-zalida vaqt o‘tkazishlari mumkin.
Imtiyozdan qanday foydalanish mumkin:
- Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidagi CIP-zali resepshiniga murojaat qiling.
- Xodimga Visa Platinum Business, Visa Signature yoki Visa Infinite premial kartangizni taqdim eting va xizmatdan foydalanmoqchi ekanligingizni ayting.
- Taqdim etilganidan so’ng tasdiqlovchi Visa terminali yordamida kartaning bepul o‘tish huquqi mavjudligi tekshiriladi. Agar karta faol bo‘lsa va bepul o‘tish huquqi mavjud bo‘lsa, resepshn xodimi xizmatni bepul taqdim etadi.
Shartlar:
Xizmat Visa premial kartalari egalari uchun kalendar yili davomida quyidagicha taqdim etiladi:
- Visa Platinum Business kartalari bo‘yicha — yiliga 2 marta;
- Visa Signature — yiliga 4 marta;
- Visa Infinite — yiliga 6 marta.
Taklif O‘zbekiston Respublikasi hududidagi banklar tomonidan chiqarilgan, faol bo‘lgan va amal qilish muddati o‘tmagan Visa Platinum Business, Visa Signature va Visa Infinite kartalari uchun amal qiladi.
Sayohatlarda Visa premial kartalari bilan qulaylikning yangi darajasidan rohatlaning!