-
Visa bilan uy, ish va dam olish uchun foydali texnika xaridlari
Visa va Mediapark bilan texnika xarid qilishda ko‘proq imkoniyatlarni kashf eting
Mediapark - uy, ish va dam olish uchun texnologiyalar jamlangan eng yirik internet-do‘kon va maishiy texnika chakana savdo tarmog‘i. Smartfonlar, maishiy texnika va boshqa yechimlar hayotingizni yanada qulay qilishga va yangi imkoniyatlarni kashf etishga yordam beradi.
Visa premium kartalari egalari Mediapark’da texnika xarid qilish va servis xizmatlaridan foydalanishda maxsus imtiyozlarga ega bo‘ladilar.
Bu qanday ishlaydi:
- Visa Concierge chat-botida avtorizatsiyadan o‘ting.
- Asosiy menyuda «Privileges by Visa» → «Butiklar va do‘konlar» bo‘limini tanlang.
- Promokod yarating.
- Promokodni hamkor vakiliga ayting yoki saytdagi maxsus maydonga kiriting.
- Xarid uchun Visa Platinum, Visa Platinum Business, Visa Signature, Visa Signature Business yoki Visa Infinite kartasi orqali to‘lovni amalga oshiring.
Imtiyozlaringiz:
- Smartfonlar toifasidagi tovarlarga 1% chegirma.
- Maishiy va boshqa texnika toifasidagi tovarlarga 3% chegirma.
- Servis xizmatlariga 10% chegirma.
Bitta Visa kartasi bo‘yicha har bir nomdagi tovarning ko‘pi bilan bir donasiga chegirma taqdim etiladi va u boshqa takliflar bilan birlashtirilmaydi. Bunda turli nomdagi bir nechta tovarni xarid qilish mumkin.
Taklifdan Mediapark saytida va tarmoqning barcha do‘konlarida foydalanish mumkin.
Taklif Visa Platinum, Visa Platinum Business, Visa Signature, Visa Signature Business va Visa Infinite kartalari egalari uchun 2026‑yil 22‑oktabrdan 31‑dekabrgacha amal qiladi.