-
Visa bilan moda olamida o‘zingizni ko‘rsating
Visa yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlaydi — iste’dodingizni namoyish eting
Siz talabasizmi yoki moda sohasidagi yo‘lingizni endi boshlayapsizmi?
Fashion industriyasi gapiradigan dizayner bo‘lishni orzu qilasizmi? Bu sizning imkoniyatingiz.
Next Designer Award empowered by Visa qaytyapti: 10 000$ grant, Visa Fashion Week SS/27’da ishtirok etish va butun Markaziy Osiyoga o‘zingizni tanitish imkoniyati!
Next Designer Award empowered by Visa — yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yillik platforma bo‘lib, bu yil biz chegaralarni kengaytirmoqdamiz — Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlaridan iste’dodlarni taklif qilmoqdamiz!
Loyiha yangi nomlarga xalqaro fashion-tadbirlarida ishtirok etishdan boshlab, o‘z kolleksiyasini yaratishgacha bo‘lgan haqiqiy rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etish uchun yaratilgan.
Sizni nimalar kutmoqda
Asosiy sovrin:
Kolleksiya tikish uchun 10 000$ grant
Visa Fashion Week SS/27’da ishtirok etish.
Tanlov bosqichlari:
Aksiya o‘tkazilish muddati: 15.06.2026 dan 21.08.2026 gacha.
- Arizalarni qabul qilish: 15.06.2026 – 22.07.2026;
- Moderatsiya va finalchilarni saralash: 22.07.2026 – 24.07.2026;
- 15 nafar finalchini e’lon qilish: 25.07.2026;
- Kolleksiyalarni tayyorlash: 25.07.2026 – 21.08.2026;
- Ishtirokchilar kolleksiyalarining yopiq tadbirda taqdimoti va g‘oliblarni Hakamlar hay’ati ovozi orqali aniqlash: 21.08.2026.
Qanday ishtirok etish mumkin:
Arizangizni 22 iyul 2026 yilgacha [email protected] elektron pochtasiga yuboring.
Arizada quyidagilar bo‘lishi kerak:
- O‘zingiz haqingizda taqdimot (yosh, yashash shahri, aloqa ma’lumotlari, moda sohasidagi tajriba) — PDF formatida;
- Kelajakdagi kolleksiya konsepsiyasi — kamida 3 slayd — PDF formatida;
- Istalgan uslubdagi 10 ta obraz eskizi — PDF formatida.
Tanlov hakamlar hay’ati – 2026:
(ma’lumot kutilmoqda)
Baholash mezonlari:
Finalchilar quyidagi mezonlar asosida tanlanadi:
- g‘oyaning o‘ziga xosligi;
- modellarning aktualligiva yangiligi;
- shakl, konstruksiya va ranglar palitrasining mos kelishi;
- kolleksiyaning uslubiy yaxlitligi.
Ishtirok uchun ariza quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga olishi kerak:
- Yosh, yashashshahri, aloqama’lumotlarihamdadizaynvamodasohasidagitajribatavsifiko‘rsatilganPDFformatidagitaqdimot;
- Kolleksiya konsepsiyasi (kamida 3 slayd): g‘oya, ilhom manbalari, moodboardlar — PDF formatida;
- 10 ta obrazdan iborat kolleksiya eskizlari (eskizlar formati ishtirokchi ixtiyoriga ko‘ra) — PDF formatida.
Final va g‘olib
21 avgust 2026 yil kuni Toshkent shahrida yopiq namoyish o‘tkaziladi va uning yakunlariga ko‘ra hakamlar hay’ati g‘olibni tanlaydi.
G‘olib kolleksiya yaratish uchun 10 000$ grantga ega bo‘ladi hamda uni Visa Fashion Week SS/27 doirasida taqdim etadi.
E’tibor bering:
Aksiyada 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgan va aksiya o‘tkazilayotgan mamlakat fuqaroligiga ega bo‘lgan har qanday jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.
Ishtirok bepul. Toshkentda tashqarida yashovchi finalchilar uchun final bosqichiga borish xarajatlari qoplanadi.