Qulay sayohatlar uchun Visa kartalarining barcha afzalliklaridan to'liq foydalaning

Rentalcars.com. -avtomobil ijarasi uchun 10% chegirma
Visa premial kartalari egalari sayohat qilgan mamlakatdan qatʼiy nazar nafaqat toʻliq harakatlanish erkinligidan, balki xizmat narxidan yoqimli -10% chegirmaga ham ega boʻlishdan zavqlanishlari mumkin.
Taklifdan qanday foydalanish mumkin:
- Havola orqali Rentalcars.com saytiga o'ting.
- Yoqtirgan avtomobilingizni tanlang.
- Rasmiylashtirish paytida Visa kartangiz ma'lumotlarini kiriting.
Ijara narxidan 10% avtomatik ravishda ayirib tashlanadi.
Taklif faqat onlayn bron qilish va toʻlovlar uchun amal qiladi va kelgandan keyin toʻlov bilan bron qilish uchun amal qilmaydi.
Taklif 2023-yil 01-sentabrgacha amal qiladi.

AVIS. Avtomobil ijarasi uchun -35% gacha chegirma
Avtomobilda o’zingiz uchun dunyo va yangi mamlakatlarni kashf qilish alohida va o'ziga xos zavqdir. Visa premial kartalari egalari uchun esa bu zavq yanada kattaroq bo'ladi!
Avis.com bilan avtomobilda sayohat qiling va quyidagilarga ega bo’ling:
- Visa Gold va Visa Platinum premial kartalari egalari uchun -20% gacha chegirma;
- Visa Signature va Visa Infinite premial kartalari egalari uchun -35% gacha chegirma.
Taklifdan qanday foydalanish mumkin:
- Havola orqali AVIS saytiga o'ting;
- Sayohat uchun avtomobilni tanlang.
- Visa premial kartangiz ma'lumotlarini kiriting.
Booking.com. Turar-joy ijarasi uchun 6% gacha keshbek
Booking.com xizmatlari uchun Visa kartangiz orqali toʻlov qilgan holda, 6% gacha keshbekdan bahramand boʻling.
Taklifdan qanday foydalanish mumkin:
- Booking.com hisob qaydnomangizga ro‘yxatdan o‘ting yoki qayd yozuvingizga kiring;
- Sizga kerakli sanalar uchun turar joy qidirishni ishga tushiring va esda tutingki, taklif faqat “Keshbek” yozuvi bilan belgilangan variantlar uchun mavjud;
- Siz uchun eng mos opsiyaga o'ting va yashash narxi va keshbek miqdorini ko'rish uchun xona turini tanlang *;
- Visa kartangizda keshbekni faollashtirish va turar joy uchun toʻlovni amalga oshirish uchun toʻlov sahifasida bayroqchani o’rnatib, bronni yakunlash uchun Visa kartangizdan foydalaning.
*Kashbek karta hisobingiz valyutasida to‘lanadi va yashash muddati tugaganidan keyin 64 ish kunidan kechiktirmay Visa to‘lov kartangizga o‘tkaziladi.
Taklif O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan chiqarilgan Visa karta egalari uchun 2023-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.

Rixos Hotels. xizmatlar uchun -15% chegirma
Rixos Hotels mehmonxonalar tarmog’ida hotirjam va qulay dam olishdan rohatlaning.
Hordig’ingizni yanada chiroyli qilish uchun Visa premial kartalari egalari uchun eksklyuziv taklifdan foydalaning - Rixos Hotels mehmonxonalarida spa muolajalari, transferlar va restoranlar uchun -15% chegirmani qo’lga kiriting.
Taklif Rixos Premium Belek, Rixos Premium Bodrum, Rixos Premium Tekirova, Rixos Beldibi, Rixos Downtown Antalya, Rixos Pera Istanbul, Rixos Sungate, Club Prive by Rixos Belekda amal qiladi.
Transfer xizmatlari uchun chegirmalar mehmonxonaning transfer stollarida taqdim etiladi.
Taklif xonani bron qilish uchun qo'llanilmaydi va uni boshqa aksiya va takliflar bilan birlashtirilmaydi.
Taklif 2023-yil 25-dekabrgacha amal qiladi.

Jumeirah Hotels & Resorts. Dam olish va xizmatlar uchun -20% gacha chegirma
BAA, Bahrayn, Quvayt, Ummon, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Xitoy, shuningdek, Maldiv orollari va Balidagi Jumeirah Hotels & Resorts mehmonxonalarida hashamatli xordiqni o’zingizga hadya qiling.
Va Visa premial kartalari egalari uchun eksklyuziv imtiyozlardan foydalanishni unutmang - turar joy uchun -20% va mehmonxona hududidagi turli xizmatlar va servislar uchun -25% gacha chegirma.
Taklifdan foydalanish uchun:
- Mehmonxona saytida havola orqali turar joyni bron qiling.
- 72 soat oldin bronlashni rasmiylashtiring.
- Tashrifni ro'yxatdan o'tkazish paytida bron qilish uchun foydalanilgan Visa kartasini ko'rsating.
- Chegirma davlat bayramlari, dam olish kunlari va bayram mavsumiga to'g'ri keladigan sanalarga taalluqli emas.
- Chegirma boshqa takliflar, aksiyalar yoki chegirmalar bilan birlashtirilishi mumkin emas.
Tarmoqli restoranlar uchun maxsus taklif:
- 45 dan ortiq Jumeirah Hotels & Resorts restoranlarida 20% gacha chegirma;
- ayrim restoranlarda ish kunlari tushlik qilish uchun 25% gacha chegirma;
- ayrim restoranlarda kechki ovqatlarga 25% gacha chegirma;
- ayrim restoranlarda menyudan ichimliklarga 25% gacha chegirma dushanbadan payshanbagacha, omadli soatlar va akssiyalar bundan mustasno;
- iyundan sentyabrgacha alohida muassasalarda maxsus kechki nonushtalarga 25% gacha chegirma.
Spa uchun maxsus taklif:
- Jumeirah Bali mehmonxonasidagi barcha Talise Spa muolajalariga 20% chegirma;
- Jumeirah Gulf of Bahrain Resort & Spa mehmonxonasidagi Talise Spa-markazida barcha muolajalarga 15% chegirma;
- Madinat Jumeirah mehmonxonasidagi Talise Spa-markazida Visa Platinum va Visa Infinite kartalari egalari uchun 15% chegirma, shuningdek, Visa Classic va Visa Gold egalari uchun 10% chegirma;
- Jumeirah Beach mehmonxonasidagi Talise spa-markazi har bir 60 daqiqalik muolajasi uchun qo'shimcha 30 daqiqa;
- Jumeirah Messilah Beach mehmonxonasidagi Talise Spa-markazi xizmatini 60 daqiqalik bron qilishda qo'shimcha 30 daqiqaga 15% chegirma;
- Jumeirah Muscat Bay mehmonxonasidagi Talise Spa-markazi xizmatini 60 daqiqalik bron qilishda qo'shimcha 30 daqiqaga 15% chegirma;
Taklif 2023-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.

Visa Luxury Hotel Collection. Eksklyuziv xizmat va takliflar
Dunyoning eng hayajonli va nufuzli joylarida, jumladan, Peninsula, Park Hyatt va Shangri-La kabi mehmonxonalar tarmog'ida hashamatli dam olishdan rohatlaning.
Har bir bronlashdan Visa premial karta egalari quyidagilarga ega bo’ladi:
- Kelgandan so'ng xona toifasini avtomatik ko’tarish (imkonga qarab);
- Xonada bepul Wi-Fi (imkonga qarab);
- Ikki kishilik bepul nonushta;
- $25 ovqat yoki ichimlik kuponi;
- VIP-mehmon maqomi;
- So'rov bo'yicha kech ketish (imkonga qarab).
- Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Markaziy Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarida chiqarilgan Visa Infinite va Visa Signature kartalari, shuningdek, Vetnam, Xitoy, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Markaziy Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikada chiqarilgan Visa Platinum kartalari egalari, visaluxuryhotels.com veb-saytiga tashrif buyuring;
- Boshqa mamlakatlarda chiqarilgan Visa premial kartalari egalari uchun visaluxuryhotelcollection.com saytiga tashrif buyuring;
- Yo'nalish va kerakli mehmonxonani tanlang;
- Kerakli sanalarni tanlang;
- Bronlashni to’lash uchun Visa kartangizdan foydalaning.
Taklif 2023-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.

Konsyerj-servis
Visadan konsyerj-servis sayohatingizni tashkil qilish, mehmonxona tanlash, kerakli reys uchun chiptalarni bron qilish va boshqa ko‘plab narsalarga yordam beradi.
Visadan konsyerj-servis bilan sayohat qilish yanada yoqimli, chunki u sayohat paytida avtomobilni bron qilishda yordam beradi, qiziqarli joylarga tashrif buyurishni taklif qiladi, har qanday muammolarni hal qilish va so'rovingiz bo'yicha ma'lumot topishga ko’maklashadi.
Ishlaringizni Visa konsyerj-servisga ishonib topshiring, tejalgan vaqtingizni esa muhimroq va yoqimliroq narsaga sarflang.
Xizmat Visa Platinum, Visa Signature va Visa Infinite premial kartalari egalari uchun mavjud. mssg.me/service_concierge havolasidan foydalanib, konsyerj-servisni ulang.

Aeroportlarda bepul Fast Track o’tishlar
Nima uzoq kutilgan sayohatni yanada qulayroq va qiziqarli qilishi mumkin? Albatta, xalqaro aeroportlardagi tezlashtirilgan Fast Track xizmati.
Aeroportdagi rasmiyatchiliklardan ustuvorlik bilan o’ting va tejalgan vaqtingizni yoqimliroq narsalarga, masalan, shirinlik bilan bir chashka qahvaga sarflang.
- Vena-Shvexat (VIE), Avstriya;
- Bryussel (BRU), Belgiya;
- Barselona (BCN), Gran-Kanariya (LPA), Palma (PMI), Alikante (ALC), Valensiya (VLC), Malaga (AGP), Ispaniya;
- Milan-Malpensa (MXP), Milan-Bergamo (BGY), Rim Fyumichino (FCO), Rim-Champino (CIA), Italiya;
- Larnaka (LCA), Kipr Respublikasi;
- Riga (RIX), Latviya;
- Vilnyus (VNO), Litva;
- Kopernik nomidagi Vrotslav aeroporti (WRO), Polsha;
- Nitssa Kod d'Azur (NCE), Fransiya;
- Istanbul (IST), Sabiha Gyokchen nomidagi Istanbul aeroporti (SAW), Turkiya.
Xizmat Visa Platinum, Visa Signature va Visa Infinite premial kartalari egalari uchun mavjud.
Taklif 2023-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.

Butun dunyo bo'ylab Lounge Key dasturi bo’yicha biznes-zallariga bepul kirish
Sayohat paytida Visa premial kartangizning afzalliklarini his qiling.
Xalqaro aeroportlardagi Lounge Key dasturi doirasidagi biznes-zallarga bepul kiring.
Buning uchun nima qilish zarur:
- Biznes-zalga kirishdan oldin Lounge Key dasturining a’zosi ekanligingizni bildiring;
- Zal xodimiga Visa premial kartangizni, qo’nish taloningizni va shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatingizni taqdim eting.
Xizmat Visa Platinum, Visa Platinum Business, Visa Signature va Visa Infinite premial kartalari egalari uchun mavjud.
Taklif 2023-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.