Raqamli to‘lovlar va innovatsion to‘lov yechimlari sohasidagi dunyo yetakchisi Visa kompaniyasi, Markaziy Osiyoda «She’s Next. Empowered by Visa» global tashabbusi boshlanganligi haqida e‘lon qilmoqda. Ushbu tashabbus o‘z biznesini boshqaradigan, moliyalashtiradigan, rivojlantiradigan yoki endi boshlashni rejalashtirayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan. «Astana» xalqaro moliya markazining Fintex xabi «She’s Next. Empowered by Visa» dasturining Markaziy Osiyodagi sherigi hisoblanadi, O‘zbekistonda dastur O‘zbekiston ishbilarmon ayollari uyushmasi, Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha «Asia» tadbirkor ayollarining biznes uyushmasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
2019 yilda AQShda boshlangan ushbu tashabbus bugun Ukraina, Belorusiya, Gruziya va Serbiya singari bir qator mamlakatlarda boshlangan va Visa-ning umuman kichik biznesni va ayniqsa ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligidan dalolat beradi.
«Bugun ayollarning o‘z biznesini rivojlantirishga talabi katta va biz o‘ziga ishongan va rahbatlantirilgan tadbirkor ayollarining mahalliy hamjamiyatini yaratish va ularga biznesda rivojlanishiga yordam berish uchun O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda ayollar tadbirkorligi va yetakchiligini rivojlantirishiga o‘z hissamizni qo‘shishdan hamda o‘z tajribamiz, resurslarimiz va xizmatlarimiz bilan baham ko‘rishdan mamnunmiz», - deb Visa kompaniyasining katta vitse-prezidenti, MDH va Janubiy-Sharqiy Yevropa bo‘yicha bosh menejeri Vera Platonova dasturning boshlanishini sharhladi.
Tashabbus doirasida Visa «Astana» xalqaro moliya markazining Fintex xabi bilan birgalikda biznesdagi ayollar – o‘z biznesini rivojlantirayotgan yoki endigina biznes boshlashni rejalashtirayotganlar uchun ta‘lim dasturini ishga tushirmoqdalar. Dastur 2021 yil 1 aprelda boshlanadi va dolzarb mavzularda o‘z tajribalari, bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baham ko‘radigan yetakchi biznes ekspertlari ishtirokidagi beshta vebinardan iborat bo‘ladi.
Haftalik vebinarlar «She’s Next. Empowered by Visa» ta’lim dasturining saytida payshanba kunlari o‘tkaziladi, ularga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng kirish mumkin bo‘ladi: https://fintechstars.aifc.kz/shes-next. Yangiliklardan xabardor bo‘lish va yetakchi biznes ekspertlari bilan o‘tkaziladigan vebinarlarni o‘tkazib yubormaslik uchun ro‘yxatdan o‘ting! Dastur Markaziy Osiyoning barcha ishtirokchilari uchun bepul taqdim etiladi.
Vebinarlar rejasi:
- 01.04, soat 18:00 dan 19:45 gacha (Toshkent vaqti bilan, GMT +5). 1-chi Vebinar «Qanday qilib o‘z biznesingizni boshlashga qaror qabul qilsa bo‘ladi», Merey Mustafina, «Umay Boost» asoschisi
- 08.04, soat 18:00 dan 19:45 gacha (Toshkent vaqti bilan, GMT +5). 2-chi Vebinar «Ayollar yetakchiligi», Alyona Tkachenko, «Nommi» brendi asoschisi
- 15.04, soat 18:00 dan 19:45 gacha (Toshkent vaqti bilan, GMT +5). 3-chi Vebinar «Biznesni moliyalashtirish», Asel Kankina va Arman Batayev, Finmentors.kz asoschilari
- 22.04, soat 18:00 dan 19:45 gacha (Toshkent vaqti bilan, GMT +5). 4-chi Vebinar «Mijoz tajribasi raqobatbardosh ustunlik sifatida», Janna Prashkevich, «The Guests» konsalting studiyasining rahbari, «Novikov School» xizmatlar maktabining kuratori
- 29.04, soat 18:00 dan 19:45 gacha (Toshkent vaqti bilan, GMT +5). 5-chi Vebinar «Biznesni qayta yig‘ish. Yangi dunyoga moslash», Nadya Jeksembayeva, yozuvchi, pedagog va biznes egasi.
Global tashabbusining Markaziy Osiyo to‘lqini doirasida o‘tkaziladigan vebinarlardan tashqari, Visa kompaniyasi Forbes bilan birgalikda «Kuchlilarning muloqoti» loyihasini, taniqli fikr yetakchilari va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatli ishbilarmon ayollar bilan «kichik biznesdan davlat sektorigacha» bir qator intervyular taqdim etadi. Muhokamalar davomida qahramonlar ayollarning yetakchiligi, yangi voqelik va inqirozni boshqarish, pandemiya sharoitida biznesni boshqarish kabi mavzularga to‘xtalib o‘tishadi, shuningdek zamonaviy ayollarning muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi muammolari va xatarlari haqida gaplashadilar.
Bundan tashqari, Visa buyurtmasiga binoan «FusionLab» tadqiqot kompaniyasi mamlakatda ayollar tadbirkorligining xususiyatlarini aniqlash maqsadida Qozog‘istonlik tadbirkor ayollar va o‘z bizneslarini ochishni rejalashtirayotgan ayollar o‘rtasida tadqiqot o‘tkazadi.
Bizning Telegram dagi guruhimizga va Facebook dagi tadbir sahifamizga qo‘shiling hamda O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi She‘s Next dasturining yangiliklarini kuzatib boring.
***
Visa haqida
Visa Inc. (NYSE: V) raqamli to‘lovlar sohasida dunyodagi yetakchisi hisoblanadi. Bizning maqsadimiz - iste’molchilarga, biznesga va umuman iqtisodiyotga tizimli ravishda rivojlanishiga imkon beruvchi eng innovatsion, ishonchli va xavfsiz to‘lov tarmog‘i orqali dunyoni birlashtirishdir. Bizning eng yangi global texnologiya tarmog‘imiz VisaNet dunyo bo‘ylab xavfsiz va ishonchli to‘lovlarni ta’minlaydi va soniyada 65000 dan ortiq tranzaksiya amalga oshirishi mumkin. Visa kompaniyasi innovatsiyalarga katta e’tibor qaratadi, bu esa deyarli har qanday ulangan qurilma to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan sharoitlarda «ulangan tijorat» (connected commerce) ning tez o‘sishi katalizatori hisoblanadi va shu bilan naqd pulsiz to‘lovlar kelajagiga o‘tishni ta’minlaydi - hamma uchun va har qayerda. Analogli texnologiyalardan raqamli texnologiyalarga o‘tish davom etar ekan, Visa o‘z brendini, mahsulotlarini, mutaxassislarini, tarmog‘ini va miqyosini tijoratning transformatsiyasi uchun ishlatadi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi saytga tashrif buyuring: usa.visa.com/about-visa, www.visa.com.kz, https://cis.visa.com/ru_TJ/visa-in-uzbekistan.html
«Astana» Xalqaro moliya markazining Fintex xab haqida
AXMMning Fintex xabi dunyo bo‘ylab startaplar, tadbirkorlar, investorlar, yetakchi soha ekspertlari va ko‘plab iste’dodli mutaxassislar uchun bog‘lovchi nuqtasidir. Fintex xab moliyaviy texnologiyalarni targ‘ib qilish, moliyaviy texnologiyalar ekotizimini yaratish, shuningdek, Qozog‘iston va mintaqada naqd pulsiz iqtisodiyotni va to‘lov innovatsiyalarni rivojlantirish ustida faol ish olib bormoqda. www.fintech.aifc.kz