Visa kartalari egalari endi o‘zlarining kartalari bilan barcha UZCARD POS-terminallarida va bankomatlarida muammosiz to‘lov qilishlari mumkin. UZCARD komissiya undirmaydi, bu esa juda qulay va foydali.
Bundan tashqari, Visa kartasining (O‘zbekistonda chiqarilgan) har bir egasi aksiyada ishtirok etish va avtomobil yutib olish imkoniyatiga ega!
Buning uchun quyidagilarni bajarish zarur:
- UZCARD POS-terminali orqali o‘zingizning Visa kartangiz bilan 10 000 so‘mlik istagan xaridingizga pul to‘laysiz, va siz avtomatik tarzda o‘yin ishtirokchisiga aylanasiz.
- Ko‘proq xaridlar qiling va g‘alaba uchun ko‘proq imkoniyatlar oling!
- O‘yin natijalarini 2021 yil 3 dekabr kuni kuting. Ular cis.visa.com saytida joylashtiriladi.
Qur'a tashlash marosimi 30.11.2021 yil bo'lib o'tadi.
Aksiya O‘zbekiston hududida 20.09.2021 yildan 20.11.2021 yilgacha o‘tkaziladi.