Visa global badiiy kolleksiyansini taqdim qilamiz
FIFA bilan hamkorligimizdan ruhlangan holda, bu o’ziga xos, rassomlar hamkorligi dagi futbolning birlashtiruvchi ruhini nishonlaydi va rassomlarni diqqat markaziga chiqaradi.
Rassomlar bilan tanishing
Visa oltita qit'adan 20 dan ortiq rassomrlarni, o'z mamlakatlarining vizual qiyofalarini yaratish uchun taklif qildi — futbolni shunaqangi universal qiladigan xilma-xil an'analar va tarixlarni nishonlash usuli sifatida.
GLOBAL
Darien Birks
Darien Birks — illyustrator va dizayn-direktor. Mustaqil rassom sifatida u pop madaniyatini, portretlarni va kundalik buyumlarni nostalgiya prizmasi va storitelling orqali o'rganadi. Uning ishlarida dizaynerlik intizomi ifodali illyustratsiya bilan uyg’unlashtiriladi.
OSTIN, TEXAS
Neytan Uoker
Neytan Uoker — Texas shtatining Ostinlik rassom. Uning, u yerda jonli qahramonlar ishtirokidagi, energiyaga va o’ziga xoskikka to'la jasur asarlar orqali hikoyalarni jonlantiradigan shaxsiy studiyasi bor. Sport, musobaqa ruhi va strit-art madaniyatidan ilhomlanib, Neytan har bir loyihaga, yangi, o'ylab chiqilgan va vizual jihatdan ifodali ko’rinadigan, o'zining maxsus qarashini olib kiradigan asarlar yaratadi.
MAYAMI, FLORIDA
Ivan Roque
Ivan J. Roque — Mayamida tug'ilgan kuba-amerikalik devoriy rassom. Uning asarlari shaharning yorqin ranglar palitrasi va uning madaniy xilma-xilligini aks ettiradi. Mayami hududlalarida va ularning vizual tilida ildizlashib ketgan Ivanning asarlarini Nyu-York, Dubay va Seul kabi shaharlarda, shuningdek, Qo'shma Shtatlar bo'ylab jamoa loyihalarida ko'rish mumkin.
KANADA, VANKUVER
Rafael Mayani
Rafael Mayani — Kanadaning Vankuver shahridan illyustrator rassom. U, yorqin ranglarni va o'ynoqilikni ajratib turadigan o'zining ifodali uslubini rivojlantirishdan avval, Mexikoda sanoat dizaynini va Barselonada vizual san'atni o'rgangan. Uning asarlari rasmli kitoblardan tortib tahririyat illyustratsiyalarigacha turli formatlarda taqdim etilgan.
Atlanta, Jorjiya
Frank "Paper" Danson
Paper Frank — turli ommaviy axborot vositalarida ishlaydigan va Atlanta ijodiy sahnasi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan Jorjiyalik mustaqil o'rgangan rassom. U rassomlar oilasida o'sib-ulg'aygan va o'z tajribalasini va kamchiliklarini ifodali vizual uslubga aylantirdi. O'qishni tugatgandan so'ng, Paper Frank rivojlanishda davom etdi, mahalliy san'at hamjamiyatida tan olindi va oxir-oqibat taniqli tatuirovka studiyasida amaliyot o'tashni boshladi. Aynan Atlanta uning badiiy yo'lini shakllantirgan va hozirga qadar uning ishiga ta'sir ko'rsatgan shahar bo’lib qoldi.
FILADELIFIA, PENSILVANIA
Rahim "King" Saladin Jonson
King Saladin nomi bilan tanilgan Rahim Saladin Jonson G'arbiy Filadelfiyada tug'ilib o'sgan. Yoshligidanoq u ijodiy rivojlanish uchun cheklangan imkoniyatlarga qaramay, o’zida san'atga ishtiyoqni kashf etdi. Vaqt o'tishi bilan u o'zini butunlay badiiy amaliyotga bag'ishladi va AQShda va undan tashqarida tan olinishiga olib kelgan yorqin uslubni shakllantirdi. Bugungi kunda King Saladin Filadelfiyadagi bolalik tajribalariga chuqur bog’liq bo’lgan dinamik zamonaviy ishlari bilan mashhur.
KANZAS SITI, MISSOURI
Djey Ti Daniels
Djey Ti Daniels — Kanzas-Siti shahrida yashovchi rassom. U o’zining asarlarida, shaharda uchratib qolgan odamlardan ilhomlanib, qahramonlar, iboralar va bir-birini ustiga ritmik kompozitsiyalarda qo’yilgan figuralarni birlashtiradi. Uning asarlari kundalik o'zaro ta'sirlarni inson tajribasining o’zgaruvchanligi va o’sishi, aloqasi haqidagi vizual hikoyalarga aylantiradi. Har bir yuz va shakl Kanzas-Siti va uning ijodiy ovozini shakllantiruvchi jamoalarning energiyasini ifodalaydi.